

Rojerio Mikale shogirdlari Iroqqa qarshi bahsda nursiz durang (0:0) qayd etishdi. Braziliyalik ishqibozlar o'yin paytida o'zlarining noroziliklarini namoyish etishdi. Bahsning ikkinchi bo'limida to'p Neymarga tushganida muxlislar Marta (Braziliya ayollar terma jamoasi yarim himoyachisi) nomini aytib baqirishdi. Final xushtagi chalingandan so'ng esa, muxlislar Iroq terma jamoasiga qarsak chalishdi.
Braziliya terma jamoasi guruh bosqichining 3-turida daniyaliklarga qarshi maydonga tushadi.


