Top-5. Jota Ronalduni ortda qoldirdi

Eldor Akmurzayev
21 mar 2022
Angliya Kubogi 1/4 finalida “Liverpul” safarda “Nottingem Forest”ni minimal (1:0) hisobda engdi.

Uchrashuvdagi yagona gol Diogu Jota hisobiga yozildi. Jota joriy mavsumdagi gollari sonini 19 taga etkazib, top-5 ligalarida qatnashayotgan portugaliyaliklar orasida to'purarga aylanib oldi. U MYU forvardi Krishtianu Ronalduni (18) quvib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, mersisaydliklarning kubok yarim finalidagi raqibi “Man Siti” bo'ladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta