Toni Kroos: "Keyn haqidagi mish-mishlar? Bu mening ishim emas"

Tolibjon Qosimov
24 okt 2017, 21:28
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynni Madrid klubiga o'tishi mumkinligi to'g'risidagi mish-mishlar haqida gapirishni istamadi.

"Mish-mishlarni izohlash - mening ishim emas. Keyn - yaxshi o'yinchi. Agar, sen APLda shunchalik ko'p gol urayotgan bo'lsang, sen yaxshi hujumchi bo'lmasliging mumkin emas. "Real"ning uni sotib olishi yoki olmasligi mening ishim emas", - dedi Kroos.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com