

"Real Madrid" klubi yarim himoyachi Toni Kroosni "Liverpul"ga qarshi uchrashuv qaydnomasiga kiritdi. Klub rasmiy saytining xabar berishicha, Toni Kroos YCHL o'yiniga to'liq tayyor va allaqachon Angliyaga uchib ketgan.
Avvalroq, germaniyalik futbolchi betobligi sabab YCHL 1/8 finalining dastlabki uchrashuvini o'tkazib yuborishi ma'lum qilingandi.
Ma'lumot uchun, "Liverpul" – "Real Madrid" uchrashuvi 22 fevral kuni, soat 01:00 da start oladi.



