Toni Kroos: Bavariyada barchasidan qoniqayapman, ammo yangi shartnoma imzolangani yo'q

Narzulla Saydullayev
5 fev 2014, 23:57
Bavariya yarim himoyachisi Toni Kroos kelajagi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
So'nggi kunlarda OAVda mening kelajagimga oid bir qator xabarlar chiqdi.

Gazetalarda yozilganlarga ishonavermang. Fakt shu: menga Bavariyada barchasi yoqadi, faoliyatim yaxshi ketmoqda.

Hozircha yangi kelishuv imzolangani yo'q. Amaldagi shartnomam 2015 yilda tugaydi, bunda hech qanday muammo ko'rmayapman.

Biroz vaqt o'tgach bu borada kelishuvga erishimiz mumkin, – deb yozadi Kroos o'zining Facebook dagi sahifasida.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru