Tonalining agenti: "Sandroning kyetishi "Milan"ga ham yordam beradi"

Mirjalol Normatov
24 iyun 2023
"Milan" futbolchisi Sandro Tonalining agenti Juzeppe Rizo mijozining "Nyukasl"ga o'tayotgani haqida gapirdi.

"Bu "Nyukasl" uchun ham ajoyib transfer. U klub uchun ideal bo'lak bo'la oladi. "Nyukasl"dagilar Sandroning juda kerakligi sababli istalgan pulga sotib olishga rozi bo'lishdi.

U jamoaning muhim futbolchisi bo'ladi. Bu transfer "Milan" va "Breshiya"ga ham moliyaviy yordam bo'lishi mumkin", - dedi Rizo.

Eslatib o'tamiz, Tonali 70 mln evro evaziga "Milan"dan "Nyukasl"ga o'tmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal