Tomas Tuxel: “Neymarda sardorlik xususiyati yo'q”

12 may 2019, 08:30
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel Fransiya chempionatining navbatdagi turida “Anjer”ga (2:1) qarshi bahsdan keyin Neymarni jamoa sardori etib tayinlash rejasi yo'qligini ma'lum qildi.

“Bizda ikkita sardor bor: Tiago Silva va Markinos va biz ularni almashtirish niyatida emasmiz.

Menimcha, Neymarda sardorlik xususiyatlari yo'q. U yetakchi va kreativ futbolchi, ammo sardor emas. 

Nima uchun hamma shu haqda gapirayotganiga tushunmayman. Bizda Tiago va Marki bor, ularni hurmat qilishimiz lozim”, dedi Tuxel Canal+ efiriga bergan intervyusida.

O'tgan yilning sentyabrida Neymar Braziliya terma jamoasining doimiy sardori etib tayinlangandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Culture PSG