Tomas Tuxel mavsum yakunidan ko'ngli to'lmadi

15 may 2016, 00:53
Dortmundning "Borussiya" jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel mavsum yakunlari borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- Men mavsum yakunlaridagi natijalarimizdan qoniqmadim. Chunki "Bavariya" bizdan 10 ochkoga ilgarilab ketdi. "Bavariya" bilan oradagi farq bu qadar kattalashib ketmasligi lozim edi. Meni "Bavariya"ga munosib raqobatchi bo'la olmaganligimiz ko'proq tashvishlantirmoqda. Bizning hali qiladigan ishlarimiz ko'p. Myunxen jamoasi muddatidan avval chempionatni yutgani alamli bo'ldi. Shundan so'ng biz futbol o'ynashni to'xtatib qo'ydik. Germaniya kubogida zafar quchish uchun jamoam maksimum kuchini ishga solishi lozim bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: bild.de