
"Borussiya M" uchrashuv davomida bir necha bor qarshi hujumlarda xavfli o'ynadi. Biz ulardan aynan shunday qarshilikni kutgandik. Gladbaxliklar ancha kuchli shakllangan jamoa hisoblanishadi. Bu darajadagi raqiblar har doim darvoza tomon zarba yo'llash imkoniyatlarini paydo qilishadi. Lekin shu kuni Noyer o'z ishini a'lo darajada bajardi. Yakunda durang o'ynagan bo'lsakda, o'yin yomon kechmadi.