Tomas Myuller: Bavariya finalga chiqsa bu sensaciya bo'ladi

Narzulla Saydullayev
7 may 2015, 09:25
Bavariya yarim himoyachisi Tomas Myuller Barselonaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Ikkinchi bo'limda biz o'yinni nazorat qilgandek taassurot uyg'ondi.

Bu yerda o'ynash qiyin, lekin 0:3 hisobida yutqazamiz deb o'ylamagandim. Ammo biz – Bavariyamiz, taslim bo'lmaymiz.

Endi Portuga qarshi o'yindek bahs kutib turibdi. Agar finalga chiqa olsak bu sensaciya bo'ladi, – deydi Myuller.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru