Toma Mene Belgiya terma jamoasiga yordam bera olmaydi

19 mar 2019, 08:55
Futbolchi PSJ safida jarohat olganligi sababli terma jamoasiga yaqin orada yordam bera olmaydi.

Toma Mene Fransiya chempionatining 29-turida “Marsel”ga qarshi bahsda jarohat olgandi. Endi u 21 mart kni Belgiya termasining Rossiya va 24 mart kuni Kiprga qarshi bahslarini o'tkazib yuboradi.

Afsuski, jarohat sabab Belgiya terma jamoasiga yordam bera olmayman. Afsuslanarli va og'riqli. Jamoadoshlarimga omad tilayman,-deb yozadi Mene.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport Express