Tom Kleverli: "Bu mavsumda o'rtacha darajada o'tkazgan o'yinlarim ko'payib ketti"

Tolibjon Qosimov
13 dek 2013, 20:41
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Tom Kleverli bu mavsumdagi o'yinlaridan ko'ngli to'lmaytganini aytib o'tdi.
"Jamoaga ko'proq foyda keltira olaman. Buni his qilib turibman. Bu mavsumda bir necha o'yinni o'rtacha darajada o'tkazdim". 

"O'tgan mavsumning ayni shu paytida ko'rtsatgichlarim hozirgidan yaxshiroq edi".

"Men maksimum darajamda o'ynashga ko'nikkan futbolchiman. Umid qilamanki, o'z ritmimga tushib olaman va nafaqat o'yinlarim soni balki ajoyib o'tkazgan uchrashuvlarim soni tez orada ortadi", dedi futbolchi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru