Tolibjonov, Magometov va Qosimov Braziliyaga uchib ketishdi

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2014, 14:29
Braziliyada bo'lib o'tayotgan mundialning ertaga yarim final bahslari boshlanadi.
Musobaqaning uchinchi o'rin va finalini tomosha qilish uchun O'FF vakillari Braziliyaga uchib ketishdi.

O'FF terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov, PFL bosh direktori Farhod Magometov va O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov mundialning hal qiluvchi bahslarini Braziliyada kuzatishadi.

Eslatib o'tamiz, JCH-2014 uchinchi o'rin uchun o'yini 12 iyul, final bahsi esa 13 iyul kuni bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia