Tojikiston U-20 va U-17 terma jamoalariga xorijdan murabbiy olib keldi

Khoja
14 mar 2024, 11:05
Kelasi yil bo'lib o'tadigan U-20 va U-17 Osiyo kubogiga yo'llanma qo'lga kiritish uchun Tojikiston futbol federatsiyasi jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda.

Qo'shnilarimiz har ikki yosh toifasiga chet eldan murabbiy olib kelishdi. U-20 terma jamoasi etib Milosh Kostich tayinlandi. 52 yoshli mutaxassis Sloveniya U-17, U-20, Crvena Zvezda va yana bir qator jamoalarda ishlagan.

Shuningdek, Tojikiston U-17 terma jamoasiga Marko Radjini bosh murabbiy etib tayinlandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: https://t.me/fft_official