Tojikiston terma jamoasi Rossiya bilan o'ynashni xohlamadi

Aslanov Jasurbek
7 okt 2024, 22:11
Tojikiston terma jamoasi noyabr oyida Rossiya bilan o'ynash taklifini rad etdi.

Tojikiston futbol federatsiyasidagilar ushbu qarorni jamoa noyabr oyiga o'yinlar rejalashtirib bo'lgani bilan izohladi.

"RFI iyun-iyul oylarida taklif bilan chiqqan edi, ammo noyabrda o'yinlar rejalashtirib qo'ygan edik" - deyiladi Tojikiston futbol federatsiyasi bayonotida.

Oldinroq, RFI Suriya va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishga deyarli kelishib olgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ТАСС