Tojikiston terma jamoasi Dohaga yetib bordi

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2024, 15:47
Petar Segrt boshchiligidagi Tojikiston milliy terma jamoasi Qatarga yetib bordi.

Terma jamoa vakillarini Doxa xalqaro aeroportida gullar va esdalik sovg'alar bilan kutib olishdi. Tojikiston terma jamoasi Osiyo kubogi vaqtida Dohadagi "Banyan Tree Doha" mehmonxonasiga istiqomat qiladi. Bu haqda Tojikiston FF matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lumot uchun, Tojikiston terma jamoasi Osiyo kubogida "A" guruhida ishtirok etadi. 13 yanvar kuni Xitoy, 17 yanvarda Qatar va 22 yanvar kuni Livanga qarshi o'yinlar bo'lib o'tadi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia