Tojikiston terma jamoasi 25 ming AQSH dollari ishlab topdi

Narzulla Saydullayev
13 okt 2018
Kecha Bangladeshda o'tgan Bangabandhu Gold Cup xalqaro musobaqasi o'z yakuniga etdi.

Finalda Tojikiston va Falastin terma jamoalari to'qnash kelishdi. Uchrashuvning 36-daqiqasida qo'shnilarimiz bir kish kam bo'lib qolishdi. Shunga qaramay 120 daqiqa davomida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida Falastin omadliroq chiqdi va bosh sovringa ega chiqdi.

Tashkilotchilar chempion jamoaga 50 ming, vice-chempion Tojikistonga 25 ming AQSH dollari miqdorida mukofot puli topshirishdi.


Bangabandhu Gold Cup xalqaro musobaqasi. Final
Tojikiston – Falastin – 0:0. Penaltilar seriyasi – 3:4
Tojikiston:
Rustam Rizoev (Bexruz Xayriev, 120+1), Siyovush Asrorov, Xurshed Beknazarov, Tabrezi Davlatmir, Xikmatullo Rasulov (Oybek Abdug'afforov, 88), Amirbek Jo'raboev, Axtam Nazarov, Fatxullo Fatxulloev, Muhammadjon Rahimov (Shaxrom Sulaymonov, 105+4), Komron Tursunov, Jahongir Ergashev (Dilshod Bozorov, 66).
Chetlatish: Fatxullo Fatxulloev (Tojikistn) 36.
Bosh hakam: Muhammad Mizanur Rahmon (Bangladesh).
12 oktyabr. Dakka. Bangabandu "Milliy" stadioni.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia