

22 yoshli himoyachi o'tgan mavsumni Namanganning “Navbahor” jamoasida o'tkazgan.
1993 yilning 9 fevralida tug'ilgan futbolchi 2013 yili Turkiyada o'tgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida ham O'zbekiston sharafini himoya qilgandi. Yodingizda bo'lsa, yoshlarimiz kichik mundialning chorak finalida Fransiyaga imkoniyatni boy berib ortga qaytishgandi.
“Guliston”dagi o'yinlari orqali tanilgan futbolchi 2016 yilni “Qo'qon-1912” klubida o'tkazadi. Namangan futboli tarbiyalanuvchisi sanalgan himoyachi bilan ikki yillik bitim imzolandi.



