Todibo: "Barselona" zaxirasida o'tirgandan ko'ra, "Sedan"da o'ynaganim yaxshi"

Mirjalol Normatov
28 mar 2021, 14:15
"Nicca" tarkibida ijara asosida o'ynayotgan "Barselona" futbolchisi Jan-Kler Todibo Kataloniya klubida o'yin amaliyotiga ega bo'lishi haqida gapirdi.

"Barselona"ga o'tib, o'yin amaliyotisiz qolish? To'xtang. Undan ko'ra "Sedan" (Fransiyaning to'rtinchi divizionidagi klub) tarkibida o'ynaganim yaxshi. Undan tashqari, "Sedan"da tanqid ham kamroq.

"Barselona"ga o'tishim aqlsizlik bo'lgan, u yerda atigi 5 o'yinda qatnashdim. 2019 yili LaLigada chempion bo'ldim, ammo jamoaga yordam bermadim. O'ynaganimda esa chempionlik rasmiylashtirilgandi. Umid qilamanki, muvaffaqiyatga erisha olaman", - dedi Todibo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal