

O'zbekiston tyerma jamoasi hujumchisi Igor Syergeev "Tobol" jamoasi uchun 70 ming evroga tushgan. Futbolchining shartnomasida tovon puli aynan 70 ming evro etib belgilangandi. "Aktobe" esa o'z futbolchisini bepul qo'yib yuborishni istamadi. "Tobol" jamoasi esa Konfyerenciyalar ligasi saralashi va mahalliy chempionatdagi kurash sabab Syergeevni ushbu summaga sotib olishga qaror qilishdi.
Eslatib o'tamiz, "Tobol" klubi hozirda Qozog'iston chempionatida birinchi o'rinda turibdi. Klub bu yil UEFA tomonidan yangi tashkil etilgan Konfyerenciyalar ligasi musobaqasi saralash o'yinlarida qatnashadi. Syergeevning yangi jamoasi ushbu musobaqa doirasida, 22 iyul kuni Xorvatiyaning "Xayduk" jamoasiga qarshi o'yin o'tkazadi.




