Tito Vilanovaning o'g'li Jerar Pikening jamoasiga o'tdi

1 yanv 2019, 09:54
Adria Vilanova “Andorra”da to'p suradigan bo'ldi.

“Barselona” jamoasining marhum ustozi Tito Vilanovaning o'g'li Adria Vilanova Jerar Pike yaqinda sotib olgan “Andorra” klubida o'ynaydigan bo'ldi, deb xabar beradi AS.

21 yoshli Adria “Barselona” tarbiylanuvchisi bo'lib u 2017/18 yilgi mavsumda “Erkules” (3-divizion vakili) sharafini himoya qilgandi.

Ma'lumot uchun, “Andorra” ayni damda Ispaniyaning nufuzi jihatidan 5-o'rinda turadigan divizionda to'p surmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS