Tite – Braziliya terma jamoasining bosh murabbiyligiga asosiy nomzod

Tolibjon Qosimov
16 iyul 2014
“Atletiko Mineyro”, “Palmeyras”, “Korintians” klublarining sobiq murabbiyi Tite laqabi bilan mashhur bo'lgan Adenor Leonardo Bakki Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin.
Tite bu lavozimga asosiy nomzod sifatida ko'rilmoqda. Braziliya futbol konfederatsiyasi prezidenti Joze Mariya Marin va konfederatsiyaning bo'lajak raxbari Marko Polo del Nero Titeni terma jamoa uchun asosiy nomzod deya hisoblashmoqda.

Jahon chempionati tugaganidan so'ng Luis Felipe Skolari o'z lavozimini tark etdi. Oldinroq Braziliya terma jamoasi murabbiyligiga Alexandro Sabelya nomzodi ko'rilayotgan edi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com