Tiqilinchda qolib kyetib stadionga kirolmagan Garnachoning akasi jahl otiga mindi

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2024, 14:50
Argentina terma jamoasi a'zosi Alexandro Garnachoning akasi Roberto "Xard Rok" stadionida o'zi guvoh bo'lgan holat haqida keskin fikrlar bildirdi.

"Shunchaki uyat. Oilalar stadionga ham kira olmadi. Ajoyib. Ishoning, bu juda alamli".

Futbolchilarning oilalari va bolalari yig'layapti, chiptalari bo'lmasa ham odamlar stadionga kirib ketishyapti... aql bovar qilmaydigan sharmandalik", – dedi Roberto.



Eslatib o'tamiz, Argentina hamda Kolumbiya o'rtasidagi final bellashuvi (1:0) chiptasiz muxlislar keltirib chiqargan tiqilinch oqibatida ancha kechikib boshlandi va chiptasi bor ko'plab muxlislar stadionga kira olmay, tashqarida qolib ketishdi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia