Timur Mamasidiqov: "Lokomotiv"dagi ishtiyoq bizdan ikki barobar kuchli edi"

Sherzod Nurmatov
18 okt 2022, 10:45
Coca Cola Superligasining 22-turidan o'rin olgan “Lokomotiv" – "Olimpik" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar futbolchisi Timur Mamasidiqov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborganimiz bizga qiyinchilik tug'dirdi. Hozir hamma jamoalar bizga qarshi ikkinchi raqamli bo'lib o'ynashyapti. Biz mashg'ulotlarda aynan mana shunaqa o'yinlar bo'yicha ham ishlayapmiz.



- Birinchi bo'limda jamoada ishtiyoq yetishmagandek ko'rindi. Bu haqda fikringiz qanday?

- Yo'q, bizda birinchi bo'limda ham ishtiyoq yaxshi edi. Lekin ulardagi motivaciya bizdan ikki barobar yuqori edi. Chunki "Lokomotiv" yutqazsa, pastga qarab tushib ketaverardi.

- Golni kimga bag'ishladingiz?

- Oila a'zolarim bugungi o'yinni stadiondan kuzatishdi va men golni ularga bag'ishlagan xolda nishonladim.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia