Timur Kapadze: "Yanada yirik hisobda yutishimiz mumkin edi"

Aziz Tukhtamuradov
6 apr 2016, 20:29
"Lokomotiv" futbolchisi Timur Kapadze "Sepaxon"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin qiyin bo'lishini bilardik. Chunki, raqibning ham ortga yo'li yo'q edi. Muhimi g'alaba edi. O'yin balki istaganimizdek chiqmagandir, lekin o'zimizga kerakli uch ochkoni qo'lga kirita oldik.

Ikkinchi bo'limda goldan so'ng raqib oldinga chiqdi. Bizda qarshi hujumda imkoniyatlar bo'ldi. Bazi vaziyatlarda omad, bazida tajriba yetishmadi. Tajriba evaziga raqibni jazolab, yanada yirik hisobda yutishimiz mumkin edi", - deydi Temur Kapadze.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia