Timur Kapadze: Qozog'iston, O'zbekiston va Osiyodan takliflar bor

Narzulla Saydullayev
19 noya 2014
Aktobe bilan shartnomasi yakuniga etgan 33 yoshli yarim himoyachi Timur Kapadze o'ziga bir qator klublar qiziqayotgani haqida aytib o'tdi.
Qozog'iston, O'zbekiston va Osiyodan takliflar bor. Ammo tanlov borasida shoshilmayapman. Dekabr oyida O'zbekiston terma jamoasi safida yig'inlarda ishtirok etaman. Yanvar oyida Avstraliyadagi Osiyo Kubogida ishtirok etamiz. U erga Osiyo qitasidan ko'plab skautlar borishadi. Shu sababli hech qaerga shoshilayotganim yo'q, - deydi Kapadze.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.kz