Timur Kapadze: "Jasur Jaloliddinovning ayni paytdagi holatidan havotirdaman"

Aslanov Jasurbek
28 noya 2020, 17:11
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi hamda "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi Timur Kapadze "Sport vaqti" ko'rsatuvida mehmon bo'ldi.

Murabbiy efir davomida yoshlar terma jamoasining yig'inlari haqida fikr bildirish bilan birga Jasur Jaloliddinov mavzusiga ham to'xtalib o'tdi.

"Albatta hozirda uning holatidan havotirdaman. Jasur Jaloliddinov "Bunyodkor"da asosiy tarkibda o'ynayotgan edi. Gaplashib turibmiz. Milliy jamoaga ham chaqirilayotgandi. "Lokomotiv" Moskva jamoasiga yo'l olganidan bir tomondan xursand ham bo'ldik. Lekin qanday kelishuv bo'lgan, nima qilingan aniq bilmayman. Jamoada o'yin amaliyoti berilmagani, ijaraga boshqa klubga o'tgani bilan deyarli to'rt oydan beri o'ynagani yo'q. Bu albatta tashvishlanarli. Keyinchalik nima yuz berishini ham bilmaymiz. Ushbu holat bolaning o'sishiga ta’sir qiladi. Ayniqsa mazkur yoshda zaxirada o'tirishi havotirli. To'g'ri mashg'ulotlar orqali sport formasini ushlab turishi mumkin. Biroq rasmiy o'yin umuman boshqa narsa. O'yindagi jarayon va vaziyat mashg'ulotda bo'lmasligi mumkin. Shu tomondan havotir bor",- deydi Timur Kapadze "Sport vaqti" ko'rsatuvida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia