Timur Kapadze: Asosiy raqobatchimizni mag'lub etib katta ustunlikka ega bo'ldik

Narzulla Saydullayev
22 sen 2013, 15:47
Aktobe yarim himoyachisi Timur Kapadze Ostonaga qarshi o'yindan so'ng (2:0) o'z fikrlarini bildirdi, deb xabar bermoqda UEFA rasmiy sayti.

Bu g'alaba biz uchun juda muhim g'alaba . Asosiy raqobatchimizni mag'lub etib nafaqat uch ochko qo'lga kiritdik, balki katta ruhiy ustunlikka ega bo'ldik. Oldinda yana beshta o'yin bor, yanada extiyotkor o'ynashimiz kerak.  

Eslatib o'tamiz, kecha bo'lib o'tgan o'yinda Timur Kapadze hisobni ochgandi.  


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia