Bugun O'zbekiston sharafini himoya qiluvchi "Paxtakor" klubi musobaqadagi ilk o'yinni mezbon klublardan biri "Parma"ga qarshi o'tkazadi.
Biz jamoa hujumchisi Timur Hakimov bilan bog'lanib, uning fikrlari bilan qiziqdik.
"Italiyaga eson-omon yetib keldik. Delegaciyamiz Viarejjiodagi "Caribe" mehmonxonasiga joylashdi. Ob-havo ajoyib, 15 daraja issiq. Kecha birinchi mashg'ulotni o'tkazdik. Barcha yigitlar soppa-sog'. Mashg'ulotda standart vaziyatlarga ko'proq e'tibor qaratdik. Musobaqadagi ilk o'yinda g'alaba qozonish juda muhim. Shu bois ham "Parma"ga qarshi bahsda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz", - deydi Timur Hakimov "SA"ga bergan intervyusida.
Yosh "sherlar" 6 fevralda "Kavanis" sun'iy maydonida "Desportivo"ga qarshi o'ynashadi. Guruhdagi so'nggi bahs 8 fevral kuni "Ferdegini" stadionida "Speciya"ga qarshi o'tkaziladi.