Tim Xovard MLSning eng ko'p maosh oluvchi darvozaboniga aylanishi mumkin

Narzulla Saydullayev
28 fev 2016, 18:35
"Everton" darvozaboni Tim Xovard yozda MLSning "Kolorado Repids" jamoasiga o'tadi, deya xabar qilmoqda ESPN.

Xabar qilinishicha, posbon klub bilan 2019 yilgacha shartnoma imzolaydi. Unga ko'ra, Xovard yiliga 2 million dollar maosh oladi. Bu esa Tim MLSning eng ko'p maosh oluvchi darvozaboniga aylanadi degani.

36 yoshli darvozabon iyulda AQSH jamoasi safiga borib qo'shiladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ESPN