

U harakatlanadigan "Lester" ushbu mavsumda to'plash mumkin bo'lgan 21 ochkodan atigi bir ochkogina jamg'arib, Premer-liga turnir jadvalida so'nggi o'rinda bormoqda. Belgiya terma jamoasi a'zosi bundan biroz xafa ekanini bildirdi:
"Bu yerda (Belgiya bilan) biroz toza havo olganimdan xursandman. Chunki hozir "Lester"da juda qiyin (davr). Klubda ishlar yaxshi ketmayotgani aniq. Biz jamoa sifatida qo'limizdan kelganini qilyapmiz. "Lester"dagi ketma-ket mag'lubiyatlar bizga jamoaviy ta’sir o'tkazdi. Batareyalarimizni qayta kuvvatlantirish uchun ushbu tanaffusdan foydalanishimiz kerak. Buni xayolimdan chiqarib tashlash juda qiyin, u miyamda aylanib yuradi. Faqat bolalarim bu haqda o'ylashdan meni xalos eta oladi", – dedi futbolchi anjumanda.
2023 yilda tugaydigan klub bilan shartnomasi borasidagi savolga Tilemans quyidagicha javob berdi:
"Hozirda shartnomam bo'yicha vaziyat haqida gapirmoqchi emasman. Men "Lester"ni yozda tark etmadim, chunki loyiha to'liq bulishi kerak. Hozir "Lester"da vaziyat yomonlashayotgani men qolganim uchun afsuslanishim kerak degani emas".



