

- Xabi Alonso o'zgarish amalga oshgandan keyin Vinisius va Mbappe bilan quchoqlashdi. Murabbiy va Sizlar o'rtangizdagi munosabat iliqlashdimi?
- Bizda doimo iliq munosabat bo'lgan. Biz "Real"da o'ynaymiz, bu yerda har bir e'tiborsiz qoldirilgan ishora ham muxlislar tomonidan 10 martalab bo'rttiriladi va doimo katta bosim ostiga olishadi. Lekin men hali jamoaning murabbiy bilan muammosi bo'lganini ko'rmadim. U kelganidan keyin ishlar yaxshilandi. Har tomonlama emasdir, bazida ishlar o'xshamay qoladi, lekin biror futbolchi o'zini noqulay his qilganini ko'rmadim.
Hozir ham munosabatlarimiz yaxshi. Odamlarning atrofda nimalar deyayotganini sezmayapmiz, chunki bu doimo bo'ladigan holat. Biroq jamoaning ichidagi atmosfera sizlar o'ylagandek emas, hamma narsani aytib bo'lmaydi, - dedi Kurtua.


