Tibo Kurtua: "Barchasi "Chelsi" qanday qaror qabul qilishiga bog'liq"

Aziz Tukhtamuradov
19 may 2014, 09:52
"Atletiko"da ijara asosida to'p surayotgan "Chelsi" darvozaboni Tibo Kurtua kelgusi faoliyati borasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Kelasi mavsumda qayerda to'p surishim hozircha aniq emas.
Shanba kuni bizni Chempionlar Ligasining finali kutib turibdi. Undan keyin jahon chempionati. Shu sababli hozir o'ylab o'tirishga vaqt yo'q. Mening "Chelsi" bilan yana ikki yillik shartnomam bor. Nima bo'lishini yaqin orada bilib olamiz", - deydi Kurtua.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru