

Nashrning yozishicha, “Chelsi” himoyachi Tiagu Silva bilan yangi bitim imzolashga yaqin va braziliyalik bunga rozilik bergan.
Silva o'tgan yoz erkin agent sifatida “aristokratlar” safiga kelib, 1+1 ko'rinishi (bir yil va yana shunchaga uzaytirish)da bitim tuzgandi.
U “ko'klar” libosida 21 o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi. Qayd etish joiz, 36 yoshli himoyachi oyog'idan olgan jarohati tufayli so'nggi o'yinlarda jamoasiga yordam bera olmayapti.



