Tiago Teles: “O'zbekiston terma jamoasiga mundialda omad tilayman”

Narzulla Saydullayev
18 avg 2016, 12:34
Kecha futzal bo'yicha O'zbekiston va Ozarboyjon terma jamoalari ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishdi.

Ushbu bahsda vakillarimiz raqiblarga (2:6) hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. O'yindan so'ng Ozayrboyjon terma jamoasida poker muallifi bo'lgan Tiago Teles o'z fikrlarini bildirdi.

“Birinchi uchrashuvga qaraganda ikkinchi nazorat bahsida yaxshiroq o'yin ko'rsatdik. Men ushbu g'alabadan xursandman. To'rtta gol urib jamoamga foyda keltirdim. Biz uchun g'alaba juda muhim edi. Birinchi bo'limda raqib darvozasiga 5 ta to'p kiritib hisobni yiriklashtirib oldik. Ikkinchi bo'limda esa biroz xotirjamlikka berildik va o'yin boshida o'z darvozamizdan ikkita gol olib chiqdik. Jahon chempionatida bunday o'yin ko'rsatish yaramaydi. Ikkinchi bo'limda O'zbekiston terma jamoasi yaxshi harakat qildi. O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga tayyor deb ayta olaman. Murabbiy ham ispaniyalik, futbolchilar ham a'lo darajada o'yin ko'rsatishmoqda. Terma jamoangiz standart vaziyatlardan yaxshi foydalanar ekan. O'zbekiston terma jamoasiga mundialda omad tilayman”, - deydi Ozarboyjon terma jamoasi futzalchisi Tiago Teles.


Jahongir Sotvoldiev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia