Tiago Alkantara "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
30 mar 2014, 01:20
Myunxenning "Bavariya" jamoasi yarim himoyachisi Tiago Alkantara "Xoffenxaym"ga qarshi kechgan o'yinning 24 daqiqasida tizzasidan jarohat olib maydonni tark etgandi.
Tiago Alkantaraning jarohati biroz jiddiy bo'lib chiqdi. Shifokorlar nazoratidan so'ng, futbolchi yaqin 1,5 oy ichida maydonga tusha olmasligi aniqlandi. Demak Tiago YCHL chorak finali bahslarida jamoasiga yordam bera olmaydi.