The Times: Valensiya Soldadoni Tottenxemga 28 million evroga sotmoqchi

22 iyul 2013, 10:15
Londonning "Tottenxem" klubi "Valensiya" hujumchisi Roberto Soldado bo'yicha muzokaralarni davom ettiryapti.
Avvalroq londonliklarga bu transfer 30 million evroga tushishi takidlanayotgandi. Biroq ispanlar 28 millionga ham ko'nishlari mumkin ekani ma'lum bo'ldi.

Biroq, "Tottenxem" ushbu transferni 3 avgustgacha rasmiylashtirishlari shart. Agar undan kech qolgudek bo'lishcha, Soldadoni qo'yib yuborish puli 30 millionga ko'tariladi. Undan tashqari soliqlarning oshishi sababli summa yanada kattaroq ko'rinish olishi mumkin.


Manba: sports.ru