The Sun: FA Dembeleni 10 ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
4 may 2016, 12:16
The Sun nashrining xabariga ko'ra, "Tottenxem" yarim himoyachisi Mussa Dembele sportga hos bo'lmagan harakati uchun 10 ta uchrashuvga chetlatilishi mumkin.

"Chelsi"ga qarshi o'tgan uchrashuvning (2:2) birinchi bo'limi oxirida belgiyalik ko'klar hujumchisi Diego Kostaning ko'ziga qo'li bilan xavf soldi. Bahs hakami Mark Klattenburg va uning yordamchilari bu vaziyatni ko'rmay qolishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Angliya futbol assotsiatsiyasi ushbu vaziyatni xaddan tashqari agressiv holat deb hisoblamoqda. FAda bu harakatni 2013 yilda ro'y bergan Luis Suaresning tishlashiga tenglashtirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun