"The Best" sovrinini yutish uchun da'vogar murabbiylar ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
9 fev 2023, 22:14
FIFA matbuot xizmat "The Best" sovrinini yutishi mumkin bo'lgan murabbiy da'vogarlarni ma'lum qildi.

Unga ko'ra, "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti, "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola hamda Argentina termasini jahon chempioniga aylantirgan Lionel Skaloni ro'xyatdan o'rin olgan.

Taqdirlash marosimi 27 fevral kuni bo'lib o'tadi. Ushbu sovrin da'vogarlarlari 2021 yilning 8 avgustidan 2022 yilning 18 dekabriga qadar vaqt davomidagi natijalarga qarab tanlab olingan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fifa.com