The Best. 2022 yilning eng yaxshi futbolchisi - Lionel Messi

Aslanov Jasurbek
28 fev 2023, 02:44
Parijda FIFAning The Best marosimi bo'lib o'tdi.

Ushbu taqdirlash marosimida Lionel Messi 2022 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Argentinalikka sovrinni FIFA prezidenti Janni Infantino topshirdi. Ushbu sovrin uchun asosiy nomzodlar orasida Karim Benzema va Kilian Mbappelar bor edi.

Lionel Messi 2022 yilda Argentina terma jamoasi bilan Finalissima va Jahon chempionatida g'olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia