Tezkor xabar. Hojimat Erkinov O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirildi

Omonjon To`xtamirzayev
18 mar 2025, 11:45
Xabaringiz bor, O'zbekiston terma jamoa JCH saralashi doirasidagi uchrashuvlarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

20 mart kuni Qirg'iz Respublikasi yurtimizda mehmon bo'lsa, 25 mart kuni Timur Kapadze boshchiligidagi terma jamoamiz safarda Eron bilan bellashadi.

Futbolchilarimiz mazkur uchrashuvlarga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan va kecha jamoa ilk mashg'ulotini ham o'tkazishga ulgurdi. 

Championat.asia ma'lumotlariga ko'ra, terma jamoa ixtiyoriga Hojimat Erkinov ham kelib qo'shilgan. 

Eslatib o'tamiz, terma jamoa yig'iniga jalb etilgan futbolchilarning dastlabki ro'yxatida Erkinov yo'q edi. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia