"Tez orada Solari o'zini asosiy tarkibga qo'yadi"

Mirjalol Normatov
10 yanv 2019, 11:32
"Real" Ispaniya Kubogining 1/8 finali doirasida "Leganes"ga qarshi o'yin uchun asosiy tarkibni e'lon qilganida, Isko zaxirada qoldi.

Uning o'rnida esa Dani Sebalos qo'yildi. Shundan keyin Isko tvittyerdagi: "Tarkibda Dani Sebalos. Kazemiro yaxshi holatda emas. Tez orada Iskodan ko'ra faoliyatini 20 yil oldinroq faoliyatini yakunlagan Solari o'zini asosiy tarkibga qo'yadi", deb yozilgan tvitga layk bosgan.

Dekabr oyida "Marca" tomonidan Solari va Isko o'rtasida munozaralar borligi aytailgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca