Teves futbolchilik faoliyatini yakunlamaydi

6 dek 2019, 22:25
Argentinaning "Boka Xuniors" klubi hujumchisi Karlos Teves jamoa bilan mehnat bitimini yangilashga umid qilmoqda.

35 yoshli forvard jamoa tarkibida yana bir yil qolishni xohlamoqda. Eslatib o'tamiz, hujumchining "Boka Xuniors" bilan amaldagi shartnomasi dekabr oyi oxirida yakunlanadi.

"Men bu klubni sevaman, o'zimni boshqa joyda tasavvur qila olmayapman. Men "Boka Xuniors"da o'ynashda davom etmoqchiman va futbolchilik faoliyatimni shu yerda tugallayman", - deydi Teves ESPN nashriga bergan intervyusida.

Argentinalik futbolchi joriy mavsum "Boka Xuniors" tarkibida 10ta uchrashuvda maydonga tushdi va 3 marta raqiblari darvozasini ishg'ol qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN