Terri Anri: Suaresda hujumchilar uchun kerakli barcha sifat bor

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2014, 16:36
Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Terri Anri Barselonaga ko'chib o'tgan Luis Suares borasida o'z fikrlarini bildirdi.
Suaresda hujumchi uchun kerakli bo'lgan barcha sifatlar bor. Uning zarbasi kuchli, bosh bilan ham yaxshi o'ynay oladi.

U gohida simulyaciya ishlatib turadi. Ammo vaqti kelsa gol urishni qoyillatadi, buni JCHda Angliyaga qarshi bahsda ko'rsatib qo'ydi. Unga 2 ta imkoniyat berishdi – Luis ikkita gol urdi, – deydi Anri.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru