Terri Anri: “Fransiya Germaniya bilan, Nigeriyaga qarshi o'yindan boshqacharoq o'ynaydi”

Tolibjon Qosimov
1 iyul 2014, 12:02
Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Terri Anri, chorak finalda francuzlar raqibni nima evaziga mag'lub etishini so'zlab berdi.
“Fransiya Nigeriya bilan mundialdagi o'zining eng yomon o'yinini ko'rsatdi. Ammo menga bu uchrashuvda Pol Pogbaning harakatlari yoqdi. Chorak finalda Fransiya Germaniya bilan boshqacharoq o'ynaydi deb o'ylayman. O'ylashimcha, biz g'alabaga erisha olamiz, chunki jamoamizda yarim himoya chizig'i kuchliroq ko'rinmoqda” – deydi Anri.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net