Ter Stegen "Barselona"ga shart qo'ydi

Aslanov Jasurbek
13 okt 2020, 14:20
Germaniyalik darvozabon Mark-Andre ter Stegen shartnomasini uzaytirish uchun shart qo'ydi.

28 yoshli futbolchi "Barselona" bilan 2025 yilga qadar bo'lgan shartnoma imzolashga tayyor, faqat yiliga 18 million dollar olishni istamoqda. Agar Kataloniya klubi germaniyalikni istagini qanoatlantiradigan bo'lsa, u dunyodagi eng ko'p haq oluvchi darvozabonga aylanadi.

Ma'lumot uchun, Mark-Andre ter Stegen jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru