Ter Shtegen Messining "Barselona"dan ketganiga munosabat bildirdi

Alisher
7 avg 2021, 17:20
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen o'zining Instagram'dagi sahifasida jamoaning sobiq sardori Lionel Messi bilan xayrlashdi.

"Barcha yillar davomida sen bilan birga o'ynash va ko'plab muhim quvonchli lahzalar va vaziyatlarni boshdan kechirish yoqimli bo'ldi. Vaqti-vaqti bilan fikrlarimiz bir-biriga to'g'ri kelmagan bo'lsa ham, biz doimo bir yo'nalish bo'ylab ketdik va g'alaba yoki mag'lubiyatdan o'tib shaxs sifatida ham o'sdik. Rahmat!" - deb yozdi ter Shtegen.

Darvozabon shuningdek argentinalik va uning oilasiga omad qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/mterstegen1