Ter Shtegen: "Messi aqlbovar qilmas o'yin ko'rsatmoqda"

Mirjalol Normatov
10 noya 2019, 12:55
"Selta"ga (4:1) qarshi uchrashuvda xet-trik qayd etgan Leo Messi borasida Mark-Andre ter-Shtegen o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Leoning qilayotgan ishlari aqlbovar qilmaydi, unda yuqori iqtidor bor. U doimo raqobatbardosh, hattoki mashg'ulotlarda ham shunday. Odam o'zini tanqid qilishi juda muhim. Garchi g'alabaga erishgan bo'lsak-da, ayrim jihatlarni yaxshilash kerak. Biz oddiy bo'lmagan yo'ldan ketyapmiz. Har bir raqib biz uchun o'zgacha ishtiyoq bilan maydonga tushmoqda. Shu boisdan jamoamiz yetakchilikda qolish uchun har bir o'yinda bor kuchini sarflamoqda", - dedi ter-Shtegen.

Primero turnir jadvalida "Barselona" va "Real" 25 ochkodan jamg'argan holda 1-2-o'rinlarni bo'lishib turishibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca