Teo Uolkott "Everton"ga o'tishida Runi muhim rol o'ynaganini ma'lum qildi

Tolibjon Qosimov
18 yanv 2018, 19:36
"Everton"ning yangi vingeri Teo Uolkott "Arsenal"dan "irislar" safiga o'tishida Ueyn Runi yaxshigina rol o'ynaganini ma'lum qildi.

"Bu jarayon mobaynida bir necha bor Ueyn Runi bilan suhbatlashdim, shu sabab aytishim mumkinki, mening bu erga o'tishimda u hal qiluvchi rollardan birini o'ynadi. U "Everton" futbol o'ynash uchun qulay jamoa ekanligini aytdi, shuning uchun men bu yerdaman. Katta loyihada ishtirok etishni xohlayman, Runi esa "Everton" kuchliroq bo'ladi deb hisoblamoqda", - dedi Uolkott.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com