

"Ajoyib tun! Qiyin o'yin bo'lishini, Marokash zo'r jamoa ekanligini bilardik. G'alabaga erishdik va endi final haqida o'ylash kerak.
Aqlbovar qilmas oyni o'tkazdik. Shu darajaga kelish uchun juda ko'p mehnat qildik. Endi tezroq tiklanish va yakshanba kungi o'yinga tayyorlanish kerak.
Messi qo'rqinchlimi? Yo'q, biroq Argentina qo'rqinchli. Biz butun jamoaga qarshi o'ynaymiz. Shu sababli barchamiz bor kuchimiz bilan mehnat qilishimiz kerak", - dedi Ernandes.



